BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Olimlar koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishining qanday oldini olish mumkinligini tahmin qilishmoqda!

Buyuk Britaniyaning Kembrij va Grinvich universitetlari olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, aholining ko‘p qismi yuz niqoblaridan foydalansa, koronavirusga chalinganlar sezilarli darajada kam bo‘ladi va bu kasallikni jilovlash mumkin bo‘ladi. Shunda, karantin qoidalarini joriy qilish bilan birgalikda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuzaga kelishining oldi olinadi. Bu tadqiqot natijalari 10 iyun kuni ommaga ma’lum qilingan.

Tadiqotchilarga ko‘ra, faqat karantin qoidalarini joriy qilish bilangina koronavirusning yana avj olishini cheklab bo‘lmaydi. Ammo agar jamoat joylarida yetarlicha miqdordagi odam yuz niqoblarini taqsa,kasallik tarqalishi keskin tarzda kamayadi.

“Bizning tahlilllarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, butun aholi yuz niqoblaridan foydalanishini dunyo bo‘ylab joriy qilish kerak” deydi Kembrijda ushbu o‘rganishlarni olib borganlardan biri Richard Stat. Uning aytishicha, agar aholi orasida yuz niqoblarini taqish,ijtimoiy masofalanish va boshqa ba’zi cheklovlarni joriy qilinsa, bu samarali vaksina tayyor bo‘lishidan oldin koronavirus pandemiyasini jilovlash va iqtisodiy faoliyatni qayta boshlash uchun yaxshi yechim bo‘ladi.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ham 5 iyun kuni davlatlarga aholisidan virus yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan jamoat joylarida yuz niqoblarini taqishni talab qilishini so‘ragan.

Olimlar koronavirusga qarshi vaksina qachon tayyor bo‘lishini ma’lum qilishdi! Londondagi Qirollik Kollejining olimlar jamoasi koronavirusga qarshi vaksinani 2021 yilning birinchi yarmigacha yaratishlari mumkinligini aytishmoqda, deya yozdi Tarjumon. Ayni paytda Buyuk Britaniyada COVID-19 vaksinasini yaratish uchun ikkita olimlar jamoasi musobaqalashmoqda. Ularning birinchisi-Qirollik Kolleji o‘zining raqibi bo‘lgan Oksford universitetining Jenner institutidan ortda qolmoqda. Jenner instituti jamoasi allaqachon vaksinani odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshlab yuborgan. Agar bu sinovlar muvaffaqiyatli bo‘lsa,ular vaksinani shu yilning o‘zida ommaga taqdim qilishmoqchi. Qirollik Kolleji 15 iyundan boshlab o‘z vaksinasini insonlarda sinab ko‘rishni boshlashi kutilmoqda. Agar bu sinovlarda vaksina yaxshi natija bersa,u oktabr oyida keng miqyosda 6 ming kishida qaytadan tekshirilib ko‘riladi. “Biz vaksinamizni tezkorlik bilan kasalxonalarga yetkazib berish uchun olti oyni sarfladik. Hozirda vaksinamiz kasalxonalardagi bemorlarda sinovdan o‘tkazishga tayyor”, deydi Qirollik Kolleji jamoasi rahbari professor Robin Shattok.Uning qo‘shimcha qilishicha, agar hozirgi izlanishlar yaxshi samara bersa,Qirollik Kolleji jamoasi yaratayotgan vaksina 2021 yilning dastlabki ikki choragigacha tayyor bo‘ladi. Shuningdek, Shattok Qirollik Kolleji va Oksford Universitetining vaksina ixtiro qilishdagi raqobati foydali ekanligini va ular o‘zaro ma’lumotlarni almashayotganligini ta’kidlagan. “Biz ko‘pincha bir-birimizga qarshi kurashayotgandek ko‘rinamiz. Lekin, aslida biz yaqin hamkorlikda ish olib bormoqdamiz va ma’lumotlarni almashmoqdamiz. Biz bir-birimizni mag‘lub etishga harakat qilmayapmiz. Biz birgalikda ishlashga va iloji boricha tezroq vaksinani tayyorlashga urinmoqdamiz”, deydi Shattok.
Koronavirusning eng xavfli jihati ma’lum qilindi! Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali. Professorning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur. Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi. Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi. Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim. O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi. Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma’lum qilishgandi. Ularning ta’kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

Fikr qoldiring