Oktyabrda 9 kun magnit bo`ronlari kuzatiladi

Olimlar 20-29 oktyabr kunlari magnit bo`ronlari bo`lishini bashorat qilishdi. Bu haqda RIA Novosti Rosgidrometga asosan xabar qilgan.

Xabarda aytilishicha, 20-24 oktyabr va 27-29 oktyabr kunlari magnit maydoni bezovtalanishi zaif, 25 va 26 oktyabr kunlari o`rtacha bo`lishi mumkin.

Oktyabr boshida Fanlar akademiyasi Quyosh fizikasi instituti Rentgen astronomiyasi laboratoriyasining mutaxassislari bir hafta davomida magnit bo`ronlari kuzatilishi haqida xabar bergandi.

Реклама на Unews

Magnit bo`ronlarining tasnifida 5ta  G1 - G5 daraja mavjud bo`lib, zaif bo`ron - energiya tizimlarining ishlashida kichik uzilishlarni keltirib chiqarishi va qushlar va hayvonlarning ko`chishiga ta`sir qilishi mumkin.

Kuchli bo`ronlar esa qisqa to`lqinli aloqa va navigasiya tizimlarining ishlamay qolishiga, shuningdek sanoat tarmoqlarida elektr energiyasining uzilishiga olib keladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring