BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Ogoh bo'ling! Koronavirusda nima uchun hid va ta’m bilish yo‘qoladi?

«O‘zbekiston 24» telekanalidagi "COVID-19 savol-javob" dasturida qatnashgan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Dilfuza Hasanova bergan ma’lumot asosida «Kun.uz | Sog‘lom hayot» xabar berdi.

Koronavirus nafaqat o‘pka to‘qimasini, balki nerv hujayralarini gematoensefal to‘siqdan o‘tib, miyani ham zararlashi isbotlandi. Koronavirusning neyrokorona - 1, neyrokorona - 2, neyrokorona - 3 degan tasnifi paydo bo‘ldi.

Nima uchun koronavirusda hid va ta’m bilish sezgisi yo‘qoladi? Bosh miya juft nervlaridan birinchisi hid bilish nervi bo‘lib, kasallikda u zararlanyapti. Shuningdek, tilni boshqaruvchi nervlar shikastlanishi hid bilishni yo‘qotadi.

Koronavirusdan davolangandan keyin virusning qoldiqlari bo‘ladi va ular toksinlar chiqaradi. Shu sababli tuzalgandan keyin birdaniga ta’m va hid bilish sezgisi tiklanmaydi.

Organizm sekin-astalik bilan sezgi hissini tiklab oladi. Bu bemorlarda turli davrni o‘z ichiga oladi. Kimdadir 7-10 kun, ba’zilarda 2 haftagacha cho‘ziladi.

Koronavirusning eng xavfli jihati ma’lum qilindi! Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali. Professorning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur. Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi. Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi. Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim. O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi. Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma’lum qilishgandi. Ularning ta’kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

Fikr qoldiring