“O‘g‘lim meni farzandli ayolga uylanishga rozilik bermaganim uchun urdi” – samarqandlik erkak (VIDEO)

Avvalroq tarmoqlarda samarqandlik yosh yigit o‘z otasiga qo‘l ko‘targani haqida xabarlar tarqaldi. Hodisa ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandan so‘ng farzand va ota TV-shouga yarashtirish uchun taklif etildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Yosh yigit otasini urmaganini aytmoqda. Yigitning aytishicha, uning otasi ikki farzandlik, avval turmushga chiqqan ayolga uylanishga qarshilik qilmoqda.

Yigitning otasi esa o‘sha ayol bir necha erkaklar bilan yurganini bilishini va shu sababga ko‘ra o‘g‘lining unga uylanishiga hech qachon rozi bo‘lmasligini ta’kidladi. Shuningdek, yosh yigitning otasining aytishicha, u o‘g‘liga yaxshi oilaning qiziga uylanishi uchun Neksiya-1 avtomobili sotib olib bergan. Lekin, keyinchalik ushbu mashinani o‘sha yigit yaxshi ko‘rib qolgan ayol haydab yurgani ma’lum bo‘lgan.

“O‘g‘lim meni farzandli ayolga uylanishga rozilik bermaganim uchun urdi. Uni mening katta farzandim to‘xtatib qoldi. Biz uni o‘sha ayolning uyidan bir necha bor olib ketganmiz. Har qanday holatda ham bu nikohga qarshiman”, – deydi ota.
Ta’kidlash joiz, yosh yigit har qanday holatda ham o‘z sevgisidan voz kechmoqchi emas. Nima qilib bo‘lsa ham u o‘sha ayolga uylanmoqchi. Yigitning otasi o‘g‘li u ayolga uylansa undan voz kechishini aytdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu oila Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida yashaydi. Yosh yigit u otasini urdi degan xabarlar tarqalgandan so‘ng Toshkentga ko‘chib ketgan.
 


Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring