"O`g`illarimni tuqqanimdan afsusdaman". Sirdaryoda ona o`zi va ikki bolasini suvga tashlamoqchi (video)

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida ayol o`zi va ikki nafar o`g`il farzandini suvga tashlamoqchi bo`ldi. Bu haqda voqea ustiga borib qolib, bolalarni qutqarib qolgan Ekologiya xodimlari tomonidan tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Tasvirga olayotgan kishi bolalardan ularning onasi nima qilmoqchi ekani haqida so`ragan. "Onam bizni va o`zini suvga tashlamoqchi bo`ldi"deya javob bergan bolalarning kattarog`i. Ayoldan nega unday qilayotgani haqida so`ralganda esa "Yashashdan to`yib ketdim, charchadim hammasidan, charchadim shuncha kurashib. Shu o`g`illarimni tuqqanimdan afsusdaman..." deya asabiy holatda bir qancha gaplarni gapirgan. 

Bolalardan kattarog`i, 6 yoshlar chamasida, kichigi esa 3-4 yoshlarda bo`lib, ularning ismlari Umidjon va Murodjon ekan. Katta farzandning aytishicha, ona ularni bozorga borib kelamiz deb uydan olib chiqqan va katta oqimdagi suv ustidagi ko`prikning o`rtasiga olib kelib, endi tashlamoqchi bo`lgan. 

Реклама на Unews

Bu video lavhani mana bu yerda ko`rishingiz mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring