Odam o`g`irlash soni bo`yicha etakchi mamlakat nomi ma`lum qilindi

Inson huquqlarini tahlil qilish va tadqiqot markazi 2021 yil yakunlariga ko`ra, eng ko`p odam o`g`irlash bo`yicha etakchi mamlakat nomi e`lon qildi. Bu haqda Regnum xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ro`yxatga birinchi o`rinni Gaiti mamlakati egalladi. Ushbu mamlakatda joriy yilda 949ta o`g`irlash holati kuzatilgan. 2020 yildagi holatga solishtirganda 20 foizga ko`paygani ma`lum bo`ldi. 

Shuningdek, Gaitida inson huquqlari bilan bog`liq vaziyat yomonlashgani aytilmoqda. Polisiya xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatchilik soni ham 19 foizga oshganligi ta`kidlandi. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring