OAVga uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat beriladimi?

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi yangi tahrirdagi “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo`ydideb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Unda qator yangiliklar ko`zda tutilgan. Jumladan, OAV foto- va videomateriallarni tayyorlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali tegishli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgacha bo`lgan balandlikda, vazni uch kilogrammdan ziyod bo`lmagan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, loyihada ro`yxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan tegishli ko`rsatkichlar bilan suratga olish taqiqlangan hududlardan tashqari jamoat joylari, bino va inshootlarni hech qanday cheklovlarsiz foto va video tasvirga olish huquqi, OAVlar ustav fondida chet el investisiyalarining ulushini o`ttiz foizdan qirq to`qqiz foizgacha oshirishga ruxsat berilmoqda. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring