Nurmat Otabekov yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari tayinlandi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (08.10.2020 y. №630) qaroriga ko‘ra, Otabekov Nurmat Satiniyazovich Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Nurmat Otabekov bunga qadar Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan edi.

Реклама на Unews

Prezidentning iyul oyidagi farmonga muvofiq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tugatilib, ularning o‘rnida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil qilingandi.

Shuningdek, yangi tayinlovga ko‘ra, Norboyev Xolmamat Nuraliyevich Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Kurbanov Botirjon Juraboyevich hamda Haydarov Qobuljon Isoqulovichlar boshliq o‘rinbosarlari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Bahodir Kahramonovich Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring