Nurmat Otabekov O`zbekiston koronavirus kasalligi manbalarini qanday jilovlagani haqida gapirdi

Ayni paytda Xalqaro press-klubning "Pandemiyaga qarshi kurashda milliy tajriba" mavzusiga bag`ishlangan navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tmoqda. 

Unda SSV bosh epidemiologi Nurmat Otabekov koronavirus kasalligi manbalarini jilovlash chora-tadbirlari haqida so`z yuritdi.

«Qizil, sariq, yashil rangni faqat svetofor tufayli juda tez farqlaydigan bo`lganmiz. Qizil — olov ramzi, xavf belgisi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Avstriya, Avstraliya, Janubiy Afrika davlatlari «qizil» rangga kiryapti. Demak, bu xavf degani. Maxsus komissiya qarori bilan hozir 8 ta mamlakat bilan aviaqatnovlar to`xtatildi.

Реклама на Unews

Tarixga nazar tashlaylik. Kasallik bizga chetdan kirib keldi. Ilk bor aniqlangan bemor ham chet eldan kelgan edi. Epidemiologiyaning oltin qoidasi — kasallik manbaini jilovlash. Kasallik manbaini jilovlasak, epidemiologik zanjirni uza olamiz. Asosiy maqsadimiz ham shu.

O`zbekiston xorijdagi fuqarolari va talabalarini uyushgan holda olib keldi. Biz kasallik manbalarini bitta joyga jamladik, keyin jilovlash ishlari bilan shug`ullandik. Mana shu ishlarning samarasi o`laroq hozir biz barqaror vaziyatga kelib turibmiz», dedi mutaxassis.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 25-12-2020 Lochinbek

    Yerni chuqurroq haydaganligimiz uchun... Avvalo Olloh saqlayapti keyin yahshi insonlarni duosi va bizi say harakatlarimiz sabab desa tog'ri bo'lardi

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish