Nukus shahrida Milliy gvardiyaning mintaqaviy o`quv markazi tashkil etildi

"O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o`quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5016-son, 03.03.2021 y.) qabul qilindi.  

Qarorga ko`ra:

➖ Nukus shahrida Milliy gvardiyaning Qoraqalpog`iston Respublikasi mintaqaviy o`quv markazi tashkil etildi;

Реклама на Unews

➖ Milliy gvardiyaning Farg`ona o`quv markazi Farg`ona mintaqaviy o`quv markaziga, Dashtobod o`quv markazi esa Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy o`quv markaziga aylantirildi.  

Mazkur mintaqaviy o`quv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni boshlang`ich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha o`quv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda ta`minlanadi:

 Milliy gvardiyaning Farg`ona mintaqaviy o`quv markazi – Toshkent shahri, Toshkent, Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;  

Реклама на Unews

Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy o`quv markazi – Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;

Milliy gvardiyaning Qoraqalpog`iston Respublikasi mintaqaviy o`quv markazi – Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun.

 Mintaqaviy o`quv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik institutida hamda boshqa vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring