Niqoblar virusdan 100 foiz himoya qila olmaydi – ekspert

Dunyo bo‘ylab pandemiya davom etayotganiga 8 oy to‘ldi. Ayni vaqtda duyarli barcha mamlakatlar fuqarolardan uch qoidaga ؘ– ozodalik, ijtimoif masofa saqlash va eng asosiysi tibbiy niqob taqishni talab qilmoqda. Ko‘plab davlatlarda niqob taqmaganlik uchun jazo choralari belgilandi. Xo‘sh, tibbiy niqob bizni virusdan to‘liq himoya qiladimi? Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatovaning fikricha, niqoblar bizni virusdan 100 foiz himoya qila olmaydi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Niqoblar infeksiya yuqishidan 100 foiz himoyalay olmaydi. Biroq, koronavirus infeksiyasi tashuvchisi niqobdan foydalanganida, uning virusni boshqa odamga yuqtirish ehtimoli bir necha martaga kamayadi. Shuning uchun niqoblar mabodo siz simptomsiz, koronavirus infeksiyasining tashuvchisi bo‘lsangiz hamda o‘zingiz bundan bexabar bo‘lsangiz, virusni boshqalarga yuqtirish ehtimolini keskin kamaytirish uchun kerak”, deydi Barno Abdusamatova.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ba’zi davlatlarda niqob taqish butunlay bekor qilingani yo‘q.  Transportda, bozorlar, do‘konlar va boshqa jamoat joylarida niqob taqish talabi saqlanib qolgan. Faqatgina ko‘chada yurganda ijtimoiy masofa saqlagan holda iqobsiz yurish tavsiya etilgan. Har bir davlat kasallik profilaktikasiga qaratilgan o‘zining tartibini belgilaydi va amalga oshiradi. O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashmaguncha niqob taqish shart.

Реклама на Unews

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan kunlardan boshlab tibbiy niqoblarni taqish majburiy etib belgilangan. Bu esa virusni tarqalish zanjirining oldini oladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring