Nimalar bo'lmoqda? Tramp kutilmaganda AQShning NATOdan chiqqanini e’lon qilishi mumkin!

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq yordamchisi Jon Boltonning fikricha, Oq uy rahbari Donald Tramp 3 noyabrga belgilangan saylovlar oldidan AQShning NATO tarkibidan chiqishini e’lon qilishi mumkin. U bu fikrni yakshanba kuni Ispaniyaning La Razon gazetasiga bergan intervyusida bildirdi. Bu haqida "TASS" axborot agentligi xabar bermoqda. 

 "Saylovgacha hali uch oy bor va Amerika siyosati nuqtai nazaridan bu ko‘p vaqt. Biz "oktyabrning kutilmagan sovg‘asi" deb nomlashimiz mumkin bo‘lgan narsa — KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan to‘rtinchi sammitda Koreya yarim orolida tinchlik e’lon qilish va yadroviy qurol dasturini to‘xtatishga erishishdir", — dedi Bolton.

Uning tushuntirishicha, "Tramp AQShning barcha kuchlarini Afg‘onistondan, shu jumladan saylovlar oldidan olib chiqishga qaror qilishi mumkin. Yoki u mamlakatning NATOdan chiqqanini e’lon qiladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring