Nima uchun semizlarda koronavirus og‘ir kechmoqda?

Bugun AOKAda Koroanvirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

— Nima uchun semizlik tashxisi bor bemorlarda koronovirus og‘ir kechmoqda? 

— To‘qimalar va organlarda ortiqcha yog‘ borligi semizlik deyiladi. Bu dard sog‘liqni saqlash sohasidagi eng jiddiy muammolardan biri bo‘lib, uning zaminida yuzaga kelgan kasalliklardan har yili taxminan 2,5 million kishining bevaqt vafot etishiga sabab bo‘ladi. 

Реклама на Unews

Olimlarning ta’kidlashicha, tana vaznidan ortiqcha har 10 kilogram insonning umr ko‘rish muddatini 3 yilga qisqartiradi. Semizlikning bir necha turlari bor: birlamchi, gipotalamo va endokrin. 

Birlamchi semizlik tez-tez ortiqcha yegulik yeyish bilan va zarur jismoniy faoliyat yo‘qligi bilan rivojlanadi. Gipatalomo semizlikda miyaning gormonlar ishlab chiqarishi buzilganda rivojlanadi. Endokrin semizlikda organizmdagi bezlar buzilishi fonida shakllanadi. 

Semizlik natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi: qandli diabetning 2 turi, saraton, og‘ir yurak qon tomir kasalliklari, tomirlarning varikoz kengayishi, qo‘shma kasalliklar va boshqalar. Ushbu davrda organizmda modda almashinuvi buziladi. 

Реклама на Unews

Semizlik tashxisi bor bemorlar koronavirusga chalinsalar, ularning hamrox kasalliklari ham zo‘rayadi va organizm kurashish qobiliyati susayadi. Ular bunday davrda barcha infeksiyalarni yuqtirishga moyil bo‘lib qoladilar. Shuning uchun bunday kasallarda kasallik ko‘pincha og‘ir kechadi.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring