Nima uchun ota-onalar «Kundalik» kompaniyasi hisob-raqamiga to`lov qilishi kerak?

XTV elektron Kundalik platformasi bilan ishlash uchun ajratilgan sinov muddati tugagani munosabati bilan, elektron kundalikga obuna bo`lish lozimligi, obuna narxi esa — 9 200 so`m etib belgilangani haqida xabar bergan edik.

Elektron kundalik uchun obuna mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`lmoqda. AOKAda o`tgan brifingda Xalq ta`lim vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova shu masala yuzasidan izoh berdi:

Uning aytishicha, Xalq ta`limi vazirligi va «Kundalik» kompaniyasi o`rtasida davlat-xususiy sherikligi asosida shartnoma imzolangan bo`lib, buning natijasida xususiy sarmoya jalb etilgan holda, davlat byudjet mablag`lari tejaladi. 

Реклама на Unews

" - Tejalgan davlat mablag`lari maktablarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, ya`ni kompyuter va internet bilan jihozlashga yo`naltiriladi.

«Kundalik» kompaniyasiga tushgan mablag`lar — platformaning texnik infratuzilmasini saqlash, uni rivojlantirish va kengaytirish uchun sarflanadi.

 «Kundalik» loyihasi to`liq «Kundalik» kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Mablag`lar dasturiy ta`minotni yaratish, ishlatish va saqlashga, tizimni boshqa maktablarda tatbiq etishga sarflanadi», deydi matbuot kotibi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring