Nima uchun bemor aynan koronavirusdan o‘lgani aniq, lekin bu o‘sha kunga rasmiy statistikaga kiritilmaydi?

Nima uchun bemor aynan koronavirusdan o‘lgani aniq, kasallik ham qayd etilgan, lekin bu hol o‘sha kunga rasmiy statistikaga kiritilmaydi? Yoki kasallik fakti ma’lum, lekin o‘lim sababi sifatida boshqa omillar ko‘rsatiladi?

 

- Birinchisida, aytaylik bemorning joni 12 sentyabr kuni kech soat 20:00da uzildi. U bilan bog‘liq hujjatlar rasmiylashtirilguncha, marhumning jasadi belgilangan tartibda o‘rganilib, pataloganatom xulosalari olinguncha keyingi kunga o‘tiladi. Raqamlar viloyatlar miqyosida to‘planadi va rasmiy hujjat sifatida markazga uzatiladi. Markazda ham ma’lum muddat davomida to‘planib, hisob-kitob qilinib, shundan keyingina rasmiy va umumiy statistika e’lon qilinadi.

Реклама на Unews

 

Endi o‘sha bemor atrofida vaziyatni bevosita kuzatib turganlar darhol kechagi statistika bilan tanishadilar (chunki ular bu borada aniq ma’lumotga egalar va xabarlarni kuzatib turadilar) va o‘zlariga tegishli bemor aks etmaganini ko‘rib, ijtimoiy tarmoqlarda shubha-gumonlarini oshkor qilishni boshlaydilar. Holbuki, bu bemor keyingi kun statistikasida aks etadi, lekin ungacha nog‘ora qoqqanlar keyinchalik «andak shoshibmiz» deyishni, tabiiyki, unutishadi.

 

Реклама на Unews

Yana bir jihat – o‘lim holatini qayd etishning ham o‘z qonun-qoidalari bor. Kimnidir o‘lgan deb qayd etish bir qancha o‘rganishlarga asoslanadi va ma’lum vaqt talab qiladi. Bu borada ham (ayniqsa mashhur shaxslar bilan bog‘liq holatlarda) shoshma-shosharlik bilan axborot e’lon qilish va ma’lumotlar ziddiyati ko‘p kuzatiladi.

 

Ikkinchisi, o‘lim sababi bo‘yicha e’tirozlarga ham aniq javob bor. Tibbiyotda o‘limni qayd etishning umumjahon qabul qilingan qoidalari mavjud. Koronavirusning o‘zi bemorni bevosita o‘ldirmaydi! Bemor shu virus yuqishidan kelib chiqayotgan asoratlar tufayli nobud bo‘lishi mumkin va bu borada yakuniy hujjat murdani yorib ko‘rgan pataloganatom xulosasiga asosan beriladi.

 

Ya’ni, o‘lim sababi sifatida «o‘pka, jigar, yurak yetishmovchiligi» degan atamalar e’lon qilinsa, darhol shuni ko‘rsatib ayyuhannos solish to‘g‘ri bo‘lmaydi — dedi SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev KUN.UZga bergan intervyusida. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring