Nijniy Novgoroddagi 9 qavatli uyda gaz portladi

Nijniy Novgorodda bugun 26-fevral kuni ertalab Meshcherskiy bulvaridagi to`qqiz qavatli bino erto`lasida maishiy gaz portlashi sodir bo`ldi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, portlash natijasida hech kim jabrlanmagan. Ko`p qavatli bino aholisi evakuasiya qilingan.

"Portlash uyda emas, balki erto`lada sodir bo`lgan", deyiladi voqea joyidan onlayn translyasiya qilgan "Komsomolskaya Pravda" xabarida. U  erda kafedan tashqari stomatologiya ham mavjud bo`lgan.  Ma`lum qilinishicha, evakuasiya paytida uydan tez yordam mashinasida bir kishi olib ketilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring