Neymar hafta qahramoni deb topildi

«PSJ» forvardi Neymar Chempionlar ligasida hafta qahramoni deb topildi.

EChL 1/4 final javob bahsi doirasidagi «PSJ» - «Bavariya» (0:1) o`yinida braziliyalik hujumchi bir marta darvoza ustunini nishonga olgan bo`lsa, bir qator vaziyatlarda uning zarbasini Noyer qaytarib qoldi. Shunga qaramay, «PSJ» safarda qo`lga kiritgan g`alabasi (3:2) bilan yarimfinalga yo`llanma oldi.

Neymardan tashqari hafta futbolchisi nomiga «Real» yarimhimoyachisi Kazemiro, «Manchester Siti» xavbeki Ilkay Gundo`g`an va «Chelsi» futbolchisi Kristian Pulishich nomzodi ham bor edi.

Реклама на Unews

Ma`lumot uchun, EChL yarimfinal o`yinlari 27-28 aprel, javob bahslari 4 va 5 may kunlari o`tkaziladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring