"Neksiya-3"dan tanasini chiqarib olib, toqqa ketayotgan ayol jarimaga tortildi

Qoidabuzarliklarga qarshi ko`rilayotgan choralar, olib borilayotgan targ`ibot tadbirlariga qaramasdan harakat ishtirokchilari tomonidan qoidalarni chetlab o`tish holatlari doimiy kuzatilmoqda, deya yana bir qoidabuzarlik haqida xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati. 

Yo`l harakati qoidalarida haydovchi va piyoda bilan bir qatorda yo`lovchi uchun ham tegishli talablar belgilangan.

Dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yo`llarida harakat vaqtida yo`lovchilarning avtotransport vositasi oynasidan tana qismlarini chiqarib olish holatlari tez-tez uchrab turadi. Bu kabi holatlar fuqarolar tomonidan tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladi. Ana shunday video lavhalardan biri o`rganilib, harakat vaqtida "Neksiya-3" rusumli avtomobilning oynasidan tana qismlarini chiqarib olgan fuqaro yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 138-moddasi 4-qismi (transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo`lovchi tomonidan tana qismlarini (qo`ldan tashqari) salondan chiqarish) tartibida bayonnoma tuzildi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring