Nega AYoQShlarda benzin bir narxda sotilmaydi? Energetika vazirligi javob berdi

Joriy yilning 1 mayidan boshlab xo`jalik yurituvchi sub`ektlar, jumladan AYoQShlar benzinni birja savdolari orqali sotib olmoqda, benzin narxlari turli avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchalarida farq qilishi mumkin, chunki bu u har bir AYoQSh tomonidan qanchaga sotib olinganiga bog`liq.  

Shu tariqa, benzin narxining shakllanishi O`zbekiston Energetika vazirligi yoki boshqa davlat tuzilmalariga emas, balki  ishlab chiqaruvchi (ma`lum bir neftni qayta ishlash zavodi)ning boshlang`ich bahosi, taklif (birja savdolariga qancha benzin qo`yilgan) va unga bo`lgan talab (xaridorlar qancha sotib olishi)ga bog`liq.

№PQ-4664 sonli qaror qabul qilinmasdan oldin O`zbekistonda turli markadagi benzin va dizel yoqilg`isi chakana narxlari davlat tomonidan tartibga solinar edi. 1 maydan boshlab, ya`ni mazkur bozor mexanizmi joriy etilgandan buyon o`tgan yarim yildan ortiq vaqtdan beri mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari avtomobil benzinini faqat birja savdolari orqali sotmoqda.

Реклама на Unews

Import qilingan benzin partiyalari ham savdolar orqali sotiladi va agar bunday benzin O`zbekistonga olib kirilib, haqiqatdan ham savdolarga ancha past narxda qo`yilishi mumkin. AYoQShlar bunday benzinni bu partiya tugamaguncha sotishlari mumkin. Bu erda so`z bir marttalik etkazib berish va import qilinayotgan benzin etkazib beruvchining har bir partiyaga oid kelishuvi to`g`risida so`z bormoqda. Bu bozor munosabatlaridan dalolatdir, bunda xuddi shu AYoQSh tomonidan qanday benzin qanday narxda sotilishi faqat birjaga bog`liq bo`ladi.

Shu tariqa, benzin va dizel yoqilg`isini sotishning bozor mexanizmi neftni qayta ishlash zavodlari va AYoQShlarga sog`lom raqobat sharoitida faoliyat yuritish imkon beradi. Ta`kidlanganidek, hozirgi vaqtda benzin narxining oshishi yoki kamayishi ma`lum bir talab va taklifga bog`liq. Xususan, bozor mexanizmi joriy etilganidan so`ng, 3 mayning o`zidayoq «O`zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJda o`tkazilgan savdolar savdoga qo`yilgan benzin narxi tushganini ko`rsatdi.

Birja savdolarida “O`zbekneftgaz” AJ neft bazalari, avtomobilga yoqilg`i quyish shahobchalari va o`z ehtiyoji uchun benzin sotib oluvchi yuridik shaxslar ishtirok etadi. Savdolar erkin, shaffof va barcha toifadagi xarid qiluvchilar uchun teng sharoitda o`tkaziladi.

Реклама на Unews

Benzinni sotishning bozor mexanizmini joriy etilishi mazkur jarayonning shaffofligini kuchaytirdi.

Shunday qilib, birja kotirovkalari yoki birja savdolari orqali sotilayotgan tovar resurslariga o`rtacha narxlar har hafta belgilanadi va “O`zRTXB” AJ veb-sayti - www.uzex.uz da haftaning dushanba kuni 17:00 gacha chop etiladi.  

“O`zRTXB” AJ sayti orqali shuningdek yangi mahsulot turlari to`g`risidagi ma`lumot ham kelib tushadi. Xususan, iyul oyi boshida O`zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida birja savdolariga AI-80-LYuKS-K2-L markadagi benzin qo`yila boshladi. Birja savdolarida yoqilg`i “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ tomonidan sotilmoqda.

Sentyabr o`rtalarida esa “O`zRTXB” AJ birja savdolariga ilk bor Turkmanistonda ishlab chiqarilgan ECO-93 markali benzin sotuvga qo`yildi.

Qiziquvchilar benzin sotish jarayoni va bu borada yuzaga keluvchi tendensiyalarni www.uzex.uz sayti orqali kuzatib borishlari mumkin. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring