Navoiyda behayo raqsga tushgan qizlarning ota-onalari jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchi qizlar ta’lim dargohida behayo qiliqlar qilib raqsga tushgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 21-sentyabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumani kasb-hunar maktabida sodir bo‘lgan.

Реклама на Unews

«Unda 2 nafar o‘quvchi qiz kasb-hunar maktabining faollar zalida tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘zbekona urf-odatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan raqsga tushib, ushbu harakatlarni tasvirga olishgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishgan. Ushbu holatlar mutasaddi rahbarlar hamda voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, ularning ta’lim-tarbiyasiga oid qat’iy chora-tadbirlar belgilab olindi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring