Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yarim tunda sel keldi

 Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yarim tunda sel kelgani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan aholi vakillarining aytishicha, sel toshqini aholi yashovchi hududda sodir bo‘lgan.

Zarafshon shahrida yashovchi yana bir fuqaroning ma’lumot berishicha, 13-may kuni soat 01:00 dan boshlab shaharda kuchli shamol bo‘lib, jala quya boshlagan.

Реклама на Unews

Foto: “Daryo”

Реклама на Unews

“Sel aholi yashovchi hududga ham kirib keldi, odamlar sel toshqinidan aziyat chekmoqda. Bizga texnika bo‘yicha yordam berishlarini so‘raymiz”, — deydi bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan fuqaro.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, shaharning Bog‘dorchilik hududidan tashqari ko‘plab aholi manzillarida sel toshqinlari sodir bo‘lgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, ayni paytga qadar mas’ul tashkilotlar bu holatga e’tibor qaratmagan.

 

Koronavirusni qanchalik tez tarqalishi ko‘rsatildi (video)

Infeksionist koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishi mumkinligidan ogohlantirdi

Prezident besh yillik bank tizimini isloh qilish strategiyasini tasdiqladi

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring