Navoiy viloyatidagi tekstil korxonasining omborxonasida katta yong`in bo`ldi

Joriy yilning 31 yanvar kuni soat 22:07 da Navoiy viloyati FVB navbatchilik qismiga Navoiy shahrida joylashgan “Baxt tekstil” MChJ korxonasi omborxonasida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.  

Holat yuzasidan zudlik bilan Navoiy shahar FVB yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 22:10 da voqea joyiga etib borgan. Olib borilgan sa`y-harakatlar natijasida yong`in soat 22:30 da qurshab olinib, 1 fevral kuni soat 07:05 da to`liq bartaraf etilgan.  

 Hodisa joyiga 13 maxsus texnika hamda yong`in-qutqaruv ekipajlari, “Tinchlik” yong`in o`chirish poezdi jalb etilgan.  

Реклама на Unews

Ushbu holatda vafot etgan va jarohat olganlar yo`q.  

Yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Ayni vaqtda vaziyat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring