Moskvadan uchgan samolyot Toshkentga qo‘na olmadi

«Moskva-Toshkent» yo‘nalishidagi HY-602 reysi avialayneri Toshkent aeroportiga qo‘na olmasdan, Navoiy zaxira aeroportiga jo‘nab ketdi.

Poytaxt ustida o‘ta kuchli shamol siljish hodisasi laynerni aerodromga qo‘nishi uchun to‘sqinlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval Moskvadan Buxoroga uchgan samolyot tuman sababli Navoiyga yo‘naltirilgandi. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring