Moskvada chechen taksi haydovchisini kaltakladi

Moskva shimolida chechen 38 yoshli taksi haydovchisini urib, qimmatbaho narsalarni olib ketdi.

Dastlab taksi haydovchisi ikki yo‘lovchini olib, manziliga olib borib qo‘ygan. Chechenlar mashinani tark etishgan, lekin tez orada qaytib, uni boshqa joyga olib ketishni talab qilishgan. Rad etilgandan so‘ng, tajovuzkorlardan biri haydovchining boshiga bir necha bor urib, mashinadan telefon, pul, sug‘urta va hujjatlarni olib ketgan.

Jabrlanuvchi polisiyaga murojaat qilgan. Huquq-tartibot idoralari hujum qilgan shaxsni aniqladi. Bu chechenistonlik 30 yoshli Rahim Ahmadov bo‘lib chiqdi. Jinoyatchi o‘g‘irlangan narsalarni berdi va qilgan jinoyatini tan oldi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring