Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi "buxanka" non narxi bo`yicha tezkor o`rganishlar o`tkazdi

Bugun, 1 iyundan boshlab Toshkentdagi do`konlarda qolipli non 2800 so`mdan sotilishni boshlangani va bunga Moliya vazirligi departamenti mudiri To`lqin Mirzaev nonning narxi haqida fikr bildirgani xabar bergan edik. 

Ijtimoiy tarmoqlarda qolipli non narxi bo`yicha tarqalayotgan xabarlar bo`yicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan ham qolipli non narxi bo`yicha tezkor  o`rganishlar o`tkazdi

 

Unga ko`ra Toshkent shahrida eng yuqori - 2800 so`m, Qashqadaryoda viloyatida eng past – 1650 so`m, respublika bo`yicha o`rtacha narx esa 2250 so`m ekanligi aniqlandi.

Реклама на Unews

Shuningdek, un mahsuloti joriy yil iyun oyidan boshlab birja savdolariga etarli miqdorda qo`yilmoqda va bu jarayon ustidan doimiy nazorat o`rnatilgan. Respublikada un mahsuloti zahirasi shakllantirilgan bo`lib, narx navolarning keskin oshib ketmasligi uchun zarur miqdorda un savdolarga qo`yib boriladi.

Xususan, joriy yil iyun oyida 170 ming tonna un birjaga qo`yilishi, bunda har bir non ishlab chiqaruvchi uchun teng sharoit yaratish maqsadida kichik lotlarda (3 tonnadan) qo`yilmoqda. Joriy yil 1 iyun holatida 50,5 ming tonnadan ortiq un mahsuloti qoldig`i mavjud bo`lib, avgust oyi uchun ham un ishlab chiqarish uchun korxonalarda zarur don zaxiralari mavjud.

Shu o`rinda aytib o`tish lozimki, un mahsuloti realizasiya qilinishining bozor tamoyillariga asoslangan mexanizmi joriy qilinishi, birinchi navbatda bug`doy etishtiruvchi fermer va dehqonlardan tortib, ishlab chiqaruvchi va iste`molchilar manfaatini ko`zlab qilingan qadam bo`lib, ushbu jarayonda shaffof tizim yaratilishi bilan birga, respublikaning eng chekka hududlariga ham mahsulotning etib borilishi nazoratga olingan.

Реклама на Unews

Shuni e`tiborga olib, non ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar hamda aholidan bu borada havotirga tushmasliklarini, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan asoslanmangan ma`lumotlarga ishonib, sun`iy ajiotaj vujudga keltirmasliklarini so`rab qolamiz.  

"Hurmatli iste`molchilar! Bozorda sun`iy tanqislik yuzaga kelishi va narxlarning keskin oshib ketish holatlarini kuzatganingizda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining ishonch telefoniga (71-207-47-00), Qo`mita huzuridagi Iste`molchilar huquqini himoya qilish agentligi Call-markaziga (1159 qisqa raqam) yoki Qo`mitaning axborot xizmatiga (71) 207-47-00 (ichki 224) murojaat qilishingiz mumkin" deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring