Misrni yomg`irdan keyin chayon bosdi. Halok bo`lganlar bor...

Misrning Asuan provinsiyasida yomg`ir va do`l yog`ishi oqibatida daraxtlar qulab, elektr ta`minotida uzilishlar yuz berdi. Shuningdek, mintaqadagi chayonlarning inlari buzilib, zaharli hasharotlar ko`chalar bo`ylab tarqalib ketdi. Bu haqda mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Chayonlar 500 dan ortiq kishini chaqishga ulgurgan, ulardan uch nafari vafot etgan. Misrda semiz dumli chayon (Androctonus crassicauda) yashaydi, u eng xavfli chayon turlaridan biri hisoblanadi. Uning zahari odamni bir soat ichida o`ldirishi mumkin.

Tog`lar va cho`llarga yaqin qishloqlardagi tibbiyot markazlariga qo`shimcha dozada zaharga qarshi dorilar yuborilgan. Hukumat aholiga uydan chiqmaslikni, shuningdek, daraxtlar ko`p bo`lgan joylarga yaqinlashmaslikni maslahat bermoqda, chunki chayonlar ko`proq daraxtzorlarda uchrashi mumkin.

Реклама на Unews

Aholini koronavirusga qarshi emlayotgan shifokorlarning ba`zilari chayondan zaharlanganlarga yordam berishga o`tdi. Misr Sog`liqni saqlash vazirligi chayon chaqqan odamlarga darhol kasalxonalarga borishni tavsiya qildi, chaqish simptomlari orasida — isitma, mushaklardagi spazmlar, qusish, diareya va nafas qisilishi mavjud.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring