Mingga yaqin yurtdoshimiz maxsus poezdda Rossiyadan olib kelindi

Respublika maxsus komissiyasi O`zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don –Toshkent” temir yo`l reysini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilgan edi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, Rossiya va Qozog`iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 23 avgust kuni “O`zbekiston temir yo`llari” AJ poezdi 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Pervomayskaya” stansiyasidan O`zbekistonga jo`nagan.

Mazkur poezd 27 avgust kuni Namangan viloyatiga etib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda yo`l-patrul xizmati avtomashinalari kuzatuvi ostida karantin zonalariga etkazildi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring