Ming nafarga yaqin yurtdoshimizni Rostovdan olib qaytayotgan poezd bugun yo`lga chiqdi

918 nafar yurtdoshlarimiz Rossiyaning Rostov viloyatidan poezdda olib kelinmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya – Qozog`iston davlat chegarasidan o`tkazish masalasi bo`yicha Respublika maxsus komissiyasi hamda Rossiya va Qozog`iston tomoni bilan kelishuvga binoan,  O`zbekiston fuqarolarini yo`lovchi poezdlari orqali olib kelish jarayoni amalga oshirilmoqda.  Navbatdagi yo`lovchi poezdi yurtdoshlarimizni Rossiyaning Rostov viloyatidan olib kelmoqda.  

O`zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra,  10 avgust mahalliy vaqt bilan soat 13.20 da 918 nafar yurtdoshlarimiz bilan poezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O`zbekistonga jo`nadi.

Реклама на Unews

Yo`l davomida yo`lovchi poezd faqat texnik ko`rik uchun to`xtatiladi, ya`ni stansiya-vokzallarda yo`lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi. Ushbu reysda olib kelingan yo`lovchilar Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi.  

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring