Messi Ronalduga murojaat qildi

"Barcelona" va Argentina milliy terma jamoasi sardori Lionel Messi hozirda Turinning "Yuventus" klubida o‘ynayotgan "Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan raqobatini yodga oldi, deb xabar berdi “DAZN”, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Messining so‘zlariga ko‘ra, ushbu raqobat u uchun maxsus duel bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda va shunday bo‘lib qolaveradi. Futbolchining aytishicha, musobaqa ko‘p yillardan buyon davom etib kelmoqda va uzoq vaqt davomida ma’lum darajani saqlab qolish oson emas.

«Men va Krishtianu o‘rtasidagi duel shaxsiy darajada juda yaxshi o‘tdi, menimcha, bu odamlarga ham yoqdi. Nafaqat "Real" va "Barselona", balki butun dunyodagi barcha futbol muxlislari ajoyib tomoshani maza qilib ko‘rishdi. Endi esa bularning barchasi o‘tmishda qoldi. Endi bizga yangi chaqiriqlar kerak. Umid qilamanki, Krishtianu tez orada koronavirusdan davolanadi», - dedi argentinalik.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring