Messi maydonda piyoda yuribdi. Uyat emasmi — Van der Vart

Niderlandiya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Rafael van der Vart «Manchester Siti»ga qarshi o`yindan keyin «PSJ» hujumchisi Lionel Messini tanqid qildi.

«Messining o`yinlari meni xafa qiladi. Bu iroda bilan bog`liq. Xohlaymizmi yo`qmi, Messidan ko`p narsa kutiladi. Agar u gol urmasa yoki assist amalga oshirmasa, u yomon o`yin o`tkazgan bo`ladi. Neymar va Mbappe buni ko`rib turibdi.

Masalan, Krishtianu Ronalduni olaylik, garchi ular ikki xil futbolchi bo`lsa ham. Krishtianu bor kuchi bilan kurashmoqda va jamoasini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilyapti. Messi esa vaqti-vaqti bilan maydonda piyoda yuribdi. Unga «uyat emasmi?» degim keladi.

Реклама на Unews

Men Messidan xafaman. Bu – sharmandalik, chunki u kabi futbolchilar qayta tug`ilmaydi. Bu ish Kuman davrida boshlandi, shundan beri u dangasa va ishlashdan bosh tortuvchi odam bo`lib qoldi. Bu Messidek o`yinchiga to`g`ri kelmaydi», – deya Rafaelning so`zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Eslatib o`tamiz, chorshanba oqshomida «Manchester Siti»ga qarshi o`yinda «PSJ» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O`yinni Messi-Neymar-Mbappe triosi asosiy tarkibda boshlagan, Lionelning uzatmasidan keyin Kilian gol muallifiga aylangandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring