Messi “Barselona”ga qaytmoqchi

PSJ hujumchisi Lionel Messi otasi va agenti Xorxe Messidan “Barselona” rahbariyati bilan jamoaga qaytishi bo‘yicha muzokara o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda “Catalunya Radio” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Messi otasidan “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan gaplashishni so‘ragan. Messining o‘zi bu borada klub bosh murabbiyi Xavi bilan muloqot qilmoqda. Shuningdek, “Barselona” futbolchilari va texnik xodimlari argentinalik futbolchining jamoaga qaytishi mumkinligini ma’qullashlari ham qayd etilgan.

Messi 2021 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Реклама на Unews

Avval Leo “Barselona” sharafini himoya qilgan. Kataloniya klubi tarkibida u barcha musobaqalarda 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring