"Men axborotning erkin tarqalishi tarafdoriman!" Ruslanbek Davletov TikTok'ning bloklanishiga munosabat bildirdi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda "Adliya vaziri jamoatchilik oldida hisobot beradi” nomli jurnalist va blogerlar uchun hisobot uchrashuvi bo`lib o`tmoqda. Ushbu uchrashuvda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov TikTok'ning bloklanishi haqida gapirdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.

"Men axborotning erkin tarqalishi tarafdoriman. Tarixda ham axborotni cheklash ko`p bo`lgan. Bloklash nima degani o`zi. Texnik nuqtai nazarda buning imkoni bormi? Blokladik, deylik, hamma VPNga o`tadi-ku. Bilasizmi, har kuni qancha yangi dasturlar chiqadi. Biz jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashimiz kerak.

“TikTok”dan boshqa yomon kontent yo`qmi? Bloklash texnik jihatdan qiyin masala. O`ylaymanki, bu hech qanday samara bermaydi",–dedi Ruslanbek Davletov.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring