"Men 24 soat ichida Zelenskiy va Putin ishtirokida amalga oshira olaman". Tramp urushni to`xtata olishini aytdi

Agar harbiy harakatlar to`xtamasa, Ukraina 1.5 yil ichida yo`q bo`ladi. Bu haqda AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ma`lum qildi, deya yozmoqda "zamon.uz"

 

Uning fikricha, inqiroz Amerikadagi prezidentlik saylovi (2024 yil)ga qadar hal etilmasligi mumkin. Siyosatchi amaldagi prezident Jozef Bayden siyosati Uchinchi Jahon urushiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

“Agar mojaro hal etilmasa, men buni 24 soat ichida Zelenskiy va Putin ishtirokida amalga oshira olaman. Bu o`ta oddiy muzokaralar bo`lardi, ammo men ularning mazmunini ochiqlamayman, chunki, bu muzokaralardan foydalana olmayman, ular ishlamaydi”, – degan sobiq prezident.

Реклама на Unews

Tramp urush tezda to`xtatilmasa, Ukrainadan hech narsa qolmasligini taxmin qilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring