Mehnat migrantlari murojaatlari bilan ishlovchi yangi platforma ishga tushirildi

Mehnat migrantlari uchun ochiq muloqot imkoniyatini yaratish maqsadida murojaatlarni onlayn qabul qilish va ularga tezkor huquqiy maslahat uchun qulay bo‘lgan platformasi ishga tushirildi. Platformada soha mutaxassislari fuqarolarga onlayn konsultatsiyalar berib borishadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida mehnat migrantlari uchun ochiq muloqot imkoniyatini yaratish maqsadida murojaatlarni onlayn qabul qilish va ularga tezkor huquqiy maslahat uchun qulay bo‘lgan consalting.labormigration.uz platformasi ishga tushirildi, deya xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Shuningdek, platformada fuqarolar uchun mehnat migratsiyasi sohasidagi yangiliklar taqdim etib boriladi.

Ushbu platforma orqali har kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) soha mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiyalar berib boriladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring