“Mediapark” qo‘riqchisida koronavirus aniqlandi

Kecha, 4 iyun kuni O‘zbekistonda 96 nafar kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 13 nafari aholi orasidan chiqqan. Xususan, ularning biri "Mediapark" savdo majmuasida qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi fuqaro ekanligi ma’lum qilindi. Bu haqda Respublika sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 iyun kuni davomida koronavirus aniqlangan 96 nafar bemordan 13 nafari aholi orasida aniqlangan. Shundan 4 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Toshkent viloyati, 8 nafari esa Navoiy viloyatidan.

Jumladan, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida vaqtincha yashovchi fuqaroda tana harorati ko‘tarilgan, tomoqda og‘riq bezovta qilgan. U tekshiruvdan o‘tkazilganda koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Shu tumanda joylashgan qurilish firmasining xodimida ham ishga kelish uchun tahlil o‘tkazilganda koronavirus aniqlangan.

Реклама на Unews

Mirobod tumanida yashovchi, nafaqadagi fuqaro yuqori qon bosimi bilan tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib kelingan va tekshirilganda unda ham koronavirus tasdiqlangan.

Bundan tashqari, Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroda tana haroratining ko‘tarilishi va tomoqda og‘riq bezovta qilgan. Uy sharoitida turli antibiotik dori vositalarni qabul qilgan. Toshkent viloyatida yashovchi, poytaxtimizdagi Shayxontohur tumanida joylashgan "Mediapark" savdo majmuasida qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi fuqaroda ham tana haroratini ko‘tarilishi, holsizlik, quruq yo‘tal va tomoqda og‘riq bezovta qilgan. Infeksiya aniqlangan ushbu bemor ham uy sharoitida turli antibiotik dori vositalarni qabul qilgan.

Shuningdek, Navoiy shahridan 6 nafar, Navbahor va Karmana tumanlaridan esa 1 nafardan koronavirusga chalingan bemor bevosita aholi orasida tasdiqlanganini afsus bilan qayd etish lozim.

Реклама на Unews

Yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Bu kabi aholi orasida kasallanish holatlarining uchrab turishi atrofimizda kasallangan, ammo belgilari sezilmay yurgan fuqarolar ham bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanidan dalolat. Shu bois, birinchi navbatda, karantin qoidalariga qat’iy rioya qiling. Qolaversa, kasallik belgilari sezilsa, o‘z bilganingizcha davolanishga harakat qilmasdan darhol shifokorga murojaat qiling.

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan har qanday holatda ham xotirjamlikka berilmay, karantin va sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlashning asosiy sharti ekanini aslo unutmasligingizni so‘raydi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring