Mayk Taysonning Roy Jonsga qarshi jangi boshqa muddatga ko‘chirildi

Og‘ir vaznda jahonning sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson va to‘rt vaznda sobiq jahon chempioni Roy Jons (Kichik) o‘rtasidagi jang muddati boshqa sanaga ko‘chirildi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

«The Ring» xabariga ko‘ra, 12 sentyabrga belgilangan jang, o‘zaro kelishuvga ko‘ra, 2020-yilning 28 noyabriga ko‘chirildi.

Axborot manbasiga ko‘ra, jangni kech kuzga surish taklifi Tayson jamoasidan chiqqan: shunday qilinsa ko‘proq daromad olinarkan. Jons jamoasiga ham tashabbus ma’qul kelib, taklifni qabul qilgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring