“Maxsustrans” Toshkent shahar hokimligi tizimiga o`tkazildi. 1 martdan yangi tartib kuchga kiradi

“Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog`liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi. 

Qarorga ko`ra, Davlat ekologiya qo`mitasi tizimidagi “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi Toshkent shahar hokimligi tizimiga o`tkaziladi.  

“Maxsustrans” davlat unitar korxonasi ishtirokida chiqindilar bilan bog`liq ishlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.  

Реклама на Unews

2021 yil 1 martdan qattiq maishiy chiqindilarni saralab yig`ish tizimi quyidagi tartibda bosqichma-bosqich joriy etiladi:

- 1-bosqichda (2021 yilda) – Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilanadigan mahalla fuqarolar yig`inlari hududida chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yig`ish;

- 2-bosqichda (2022 yilda) – “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmat ko`rsatiladigan barcha hududlardagi yakka tartibdagi turar-joy sektorida qattiq maishiy chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yig`ish;

Реклама на Unews

- 3-bosqichda (2023 yildan boshlab) – barcha tumanlarda chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalarga ajratgan holda yig`ish.

- 1-bosqichda iste`molchilar rangli chiqindi konteynerlari va (yoki) qayta ishlanadigan paketlar bilan bepul ta`minlanadi.

Chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari iste`molchilar tomonidan chiqindilar saralab yig`ilganligini inobatga olib pasaytirilgan holda belgilanadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring