Mashinada ko‘chaga chiqmang - avtobuslar soni ko‘paytirilmoqda

Poytaxtimizda havoning keskin sovushi natijasida ko‘chalarda transportdan foydalanishda bir qator muammolar yuzaga kelishi haqida ogohlantirilmoqda. Shuni inobatga olib, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati tomonidan ertaga 19 noyabr kuni fuqarolarning shaxsiy transportlaridan foydalanmasliklarini tavsiya etgan holda, jamoat transporti (avtobuslar) sonini maksimal darajada ko‘paytirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Quyida 19 noyabr Poytaxtimiz bo‘ylab harakatdanadigan avtobuslar soni va qaysi avtobus saroyidan nechta avtobus harakatlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin:

1. 1-Avtobus saroyi 107 ta:

👉Katta sig‘imli: 46 ta;

👉Kichkina sig‘imli: 59 ta.

2. 2-Avtobus saroyi 121 ta:

👉Katta sig‘imli: 76 ta;

👉 Kichkina sig‘imli: 45 ta.

3. 4-Avtobus saroyi 104 ta:

👉Katta sig‘imli: 50 ta;

👉Kichkina sig‘imli: 54 ta.

4. 5-Avtobus saroyi 90 ta:

👉Katta sig‘imli: 35 ta;

👉Kichkina sig‘imli: 55 ta.

5. 7-Avtobus saroyi 118 ta:

👉Katta sig‘imli: 52 ta;

👉Kichkina sig‘imli: 64 ta.

6. 8-Avtobus saroyi 174 ta:

👉Katta sig‘imli: 90 ta;

👉Kichkina sig‘imli: 84 ta.

7. 12-Avtobus saroyi 133 ta:

👉Katta sig‘imli: 55 ta;

👉Kichkina sig‘imli: 78 ta.

8. 18-Avtobus saroyi 144 ta:

👉Katta sig‘imli: 66 ta;

👉Kichkina sig‘imli: 78 ta.

Umumiy hisobda 991 ta avtobus yo‘nalishga chiqarilishi belgilangan. Avtobuslarning yo‘nalishga o‘z vaqtida kamchiliklarsiz, to‘liq chiqishini nazorat qilish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati tomonidan, har bir Avtobus saroyiga Jamiyatdan Boshqaruv raisi hamda uning o‘rinbosarlari va tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda, bittadan mas’ul xodim biriktirilib, avtobuslarni ertangi yo‘nalishga to‘liq chiqarilishini qat’iy nazoratga olmoqdalar. Eslatib o‘tamiz, havo harorati hafta davomida sovushi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi kutilmoqda. Zaruriyat bo‘lmagan taqdirda shaxsiy transportingizdan foydalanmaslikni, jamoat transportida harakatlanishingizni tavsiya etamiz.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring