Maryam Tillyayeva 13 yil ichida ilk bor kichik Islom Karimov bilan ko‘rishdi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva  kichik Islom Karimov bilan 13 yil ichida ilk bor ko‘rishdi. Bu haqda Maryam Tillyayeva o‘zining Telegram sahifasida xabar berdi.

«Islamits, Imashka men seni juda, juda, juda, juda, juda yaxshi ko‘raman va oxirigacha siz bilaman. Iltimos, meni, bolaligimni va ko‘p jihatdan ahmoqligimni kechir. Ular aytganidek, biz oila tanlamaymiz, lekin farzandlarimiz farovonligi uchun biz qabul qilamiz. Biz aniq o‘z ota-onamizning farzandlari emasmiz, bizning o‘z yo‘limiz bor. Umid qilamanki, biz o‘samiz, yetuk bo‘lamiz va doimo bir-birimizning uyimiz bo‘lamiz. Men seni yaxshi ko‘raman”, – deb yozdi Maryam.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kichik Islom Karimov Imon Karimova bilan ko‘rishish uchun Parijga kelgan.

Реклама на Unews

Ma’lumot o‘rnida, Maryam Tilyayeva O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayevaning to‘ng‘ich qizi. Maryam 1999-yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring