Marokash qirolligining Marokash shahrida Butunjahon ijtimoiy himoya forumi o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori A.Xaydarov boshchiligidagi delegasiya Marokash qirolligining Marokash shahrida Xalqaro ijtimoiy ta’minoti uyushmasi tomonidan Butunjahon ijtimoiy himoya forumida ishtirok etmoqda.

Butunjahon ijtimoiy himoya forumi 2022 yil 24-28 oktyabr kunlari davom etadi. Mazkur xalqaro forum 150 mamlakatdan 1000 dan ortiq ishtirokchilar uchun muammolar haqida fikr almashish, innovasion yechimlardan foydalanish va ijtimoiy ta’minot kelajagi strategiyalarini belgilash imkoniyatini taqdim etadi.

Ma’lumot uchun: Xalqaro ijtimoiy ta’minot uyushmasi (XITU) aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tashkilotdir. Shu bilan birga, boshqa xalqaro ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida ham faol ishtirok etadi.

Реклама на Unews

XITU 1927 yilda butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy ta’minot institutlari forumi sifatida tashkil yetilgan hamda 160 mamlakatdan 320 ga yaqin milliy ijtimoiy ta’minot institutlarini birlashtiradi.

XITU ijtimoiy sohada qator xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqalar bilan hamkorlik qiladi.

 

XITU Bosh Assambleyasi aslida ijtimoiy sohadagi eng yirik xalqaro tashkilotdir. Unda an’anaviy tarzda globallashuv va axborotlashtirish jarayonlari, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida tijoratlashuv jarayonlari bilan bog‘liq dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda milliy ijtimoiy tizimlarni rivojlantirishning eng dolzarb muammolari va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring