Markaziy osiyolik migrantlar katta pul uchun Ukrainada ishlashga rozi bo‘lmoqda —OAV

Rossiyadagi ba’zi firmalar Markaziy Osiyodan kelgan yuzlab muhojirlarni bosib olingan Ukraina hududlariga ishlash uchun yollayotgani aytilmoqda. Bu haqda “Fokus” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, migrantlar rus askarlarining jasadini yig‘ish, xandaqlar qazish va jangovar harakatlar oqibatida vayron bo‘lgan binolarni ta’mirlash bilan shug‘ullanmoqda. Shunday muhojirlardan biri qirg‘izistonlik Urmat ismli shaxs Rossiya kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan. Unga ko‘ra, u halok bo‘lgan rus askarlarining jasadlarini yig‘ish uchun kuniga 120 dollar olishini aytgan. Shuningdek, u bunday ish bilan bog‘liq xavf-xatarlardan xabardor ekanini, bu mavzuni boshqa qirg‘izistonlik muhojirlar bilan muhokama qilganini ta’kidlagan.

“Ular menga ba’zida otishmalar ostida qolib ketishi, odamlar o‘ldirilishiga guvoh bo‘lishi haqida aytdi. Ular umidsiz bo‘lgani uchun shu ishni qilmoqda, ba’zilarining qarzlari bor”, deydi Urmat sheriklari haqida.

Реклама на Unews

Manbaga ko‘ra, mehnat muhojirlarining aksariyati harbiy harakatlar natijasida vayron bo‘lgan shaharlarda, jumladan, Mariupoldagi qurilish maydonlarida ishlamoqda. Bundan tashqari, Ukrainada ishlash uchun ayollar ham yollanmoqda. Ularga sharqda bosib olingan hududlardagi harbiy gospitallar, oshxonalar va fabrikalarda ishlash taklif qilingan.

Ta’kidlash joizki, migrantlar uchun asosiy rag‘bat puldir. Ularga oyiga 2000 dollardan 3300 dollargacha bo‘lgan maosh taklif etilgan. Bu esa ular Rossiyada ishlab topishi mumkin bo‘lgan mablag‘dan ancha yuqori. 

Tojikistonlik Sorbon ismli shaxsning aytishicha, Ukrainada ishlash haqida nafaqat ish beruvchilar, balki internet saytlar, Telegram guruhlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda reklamalar orqali xabardor bo‘lishmoqda.

Реклама на Unews

Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari o‘z fuqarolarini Ukrainaga bormaslik haqida bir necha bor ogohlantirgan, Ukraina esa ularni bosqinchilarning sheriklari deb bilishini ta’kidlagan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring