Markaziy bank ipoteka kreditlarining foizlari bo‘yicha taxminiy hisob-kitoblarni ma’lum qildi

Prezidentning 2020 yil 1 maydagi PQ-4701-sonli qarorida belgilanganidek, qishloq hududida kreditga 2 xonali kvartirani 174 mln. so‘mga yoki Toshkent shahridan 2 xonali kvartirani 198 mln. so‘mga sotib olganda, 20 yilda ushbu summani foizi bilan oyma-oy to‘laganda qanchani tashkil etishi haqida Markaziy bank ma’lumot berdideb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4701-sonli qaroriga asosan bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorlari belgilandi.

Unga ko‘ra,

Реклама на Unews

- qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln. so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 mln. so‘mdan 310 mln. so‘mgacha;

- shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln. so‘mdan 240 mln. so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 mln. so‘mdan 320 mln. so‘mgacha;

- Toshkent shahrida 2-xonali kvartiralar uchun 198 mln. so‘mdan 264 mln. so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 mln. so‘mdan 352 mln. so‘mgacha oshirildi.

Реклама на Unews

O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasida kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, bank operasiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi qayd etilgan.

Shundan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining foizlari bo‘yicha taxminiy hisob-kitoblarni shartli ravishda keltirib o‘tamiz:

Markaziy bank ipoteka kreditlarining foizlari bo‘yicha taxminiy hisob-kitoblarni ma’lum qildi

Mayk Tayson va Evander Xolifild o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Putin musulmonlarga murojaat qildi

Toshkentda koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring