Marg`ilonda fuqaroni deportasiya qilinganligi holatini bazadan chiqarib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi
2050 06-09-2021 0 O'zimizdaBosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marg`ilon shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.I. boshqa bir fuqaroning Rossiya Federasiyasidan deportasiya qilinganligi holatini elektron bazadan chiqartirib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.