Mandat bugun e`lon qilinadi — DTM

2021-2021-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari bo`yicha tanlov natijalari 3 sentabr kuni e`lon qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e`lon qilinadi:

  •  15:00 dan – Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;
  •  16:00 dan – Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlari;
  •  17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.

"Davlat test markazi barcha abiturientlarga muvaffaqiyat tilaydi",—deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring