BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Mana yangi yil, Ana Xitoy, Yana virus!

Aholisi 11 million kishini tashkil etuvchi shaharda koronavirusga tezkor test olinmoqda. Shaharning ayrim hududlariga kirish yopilgan, bolalar bogʻchalari, boshlangʻich va oʻrta maktablarda mashgʻulotlar toʻxtatilgan.

Xitoyda yana koronavirus yuqtirish holatlarining oʻsish holati qayd etilmoqda. Xebey provinsiyasida bir necha kun ichida ushbu infeksiyani yuqtirganlar 200dan ortganining oʻzi ham buni tasdiqlaydi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, kasallikning 234 nafar bemordan144 nafarida simptomsiz ekani aniqlangan. Xitoy hukumati bemorlar soni oʻsishi ehtimoliga tayyorgarlik koʻrmoqda. Xabar qilinishicha, Xebey poytaxti Shitszyachjuan shahri bilan avtobus, temir yoʻl va aviaqatnov nomaʼlum muddatga toʻxtatilgan.

Shitszyachjuandan tashqari, Sintay va Nangun shaharlari ham infeksiya oʻchogʻi deb hisoblanmoqda. Bu shaharlarda ham aholidan koronavirusga test olinmoqda.

Kasallikning yangi toʻlqini tarqalishining oldini olish maqsadida poytaxt Pekinda ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

⚡️ Koronavirusning «britancha» shtammi avvalgisiga nisbatan koʻproq oʻlimga sabab boʻlishi aniqlandi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Twitterʼda oʻtkazilgan matbuot anjumanida koronavirusning yangi shtammi oldingisidan koʻproq oʻlimga olib kelayotganini taʼkidladi. Xabarga koʻra, Qoʻshma Qirollik hukumati maslahatchisi Patrik Vallans «britancha shtammi»dan oʻlim holatlari COVID-19ʼning oldingisidan 30 foiz yuqori boʻlishi mumkinligini qayd etgan. Boris Jonson mamlakatda karantin hali tugamasligini ham maʼlum qilgan. Bunga sabab esa kasallikni yuqtirish holatlari hamon yuqoriligicha qolayotgani aytilgan. Shuningdek, bosh vazir koronavirusning ushbu mutatsiyasiga qarshi «Pfizer» va «AstraZeneca» vaksinalari yaxshi samara berayotganini ham qoʻshimcha qildi. Ayni paytda Buyuk Britaniyada koronavirusni yuqtirish holatlari 3,5 milliondan oshgan, vafot etganlar — salkam 96 ming nafar. Bundan tashqari, 22 yanvar kuni oʻtkazilgan brifingda JSST eksperti Mariya van Kerkxove koronavirus infeksiyasidan oʻlim holatlari soni oʻsishi faqat yangi shtammlar paydo boʻlishi bilan bogʻliq emasligini aytib oʻtgan. Ekspert Buyuk Britaniya olimlaridan yangi shtamm kasallikni yanada ogʻirlashtirish bilan birga, koʻproq oʻlim holatlariga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot olinganini maʼlum qilgan. «Biroq boshqa bir omilni ham hisobga olishimiz kerak. Transmissivlik, yaʼni kasallar sonining oshishi statsionar va intensiv terapiya boʻlimlarida yotgan bemorlar soni yanada koʻpayganini ham anglatadi. Oqibatda sogʻliqni saqlash tizimiga bosim yuki oshib ketyapti, shuning uchun ham oʻlimlar soni koʻpaymoqda», — dedi Mariya van Kerkxove.  
Koronavirusning eng xavfli jihati ma’lum qilindi! Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali. Professorning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur. Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi. Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi. Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim. O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi. Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma’lum qilishgandi. Ularning ta’kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

Fikr qoldiring