«Malibu»,«Cobalt» va avtobus ishtirokida ayanchli YTH yuz berdi

Samarqand shahrida yengil avtomobillar va avtobus o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 2022-yil 20-noyabr kuni soat 12:45 larda, Samarqand shahar Shohi Zinda ko‘chasida:
1) 1977-yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli avtomobil;
2) 1988-yilda tug‘ilgan N.U. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomobil;
3) 1996-yilda tug‘ilgan T.O. boshqaruvida bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lib, «Cobalt» avtomobili ag‘darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Реклама на Unews

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi IIB ma’lumotida.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring