Maldiv, Dubay, Istanbul: O‘zbek shou-biznesi vakillari Yangi yilni qayerda kutib oldi? (foto, video)

31-dekabr kuni aksariyat xonandalar bayram tadbirlarida xizmatda bo‘ldi. Ayrim san’atkorlar esa Yangi yilni xorijiy mamlakatlarda kutib olishni ma’qul topdi hamda oilasi bilan safarga otlandi.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova 2021-yilni Moskva shahrida kutib oldi.

Реклама на Unews

Xonanda Lola Yo‘ldosheva esa Yangi yilni nishonlash uchun turmush o‘rtog‘i hamda uch nafar farzandi bilan Dubayga yo‘l oldi.

Model va aktrisa Aziza Xalilova esa bayramni Maldiv orollarida nishonladi.

Реклама на Unews

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev o‘g‘illari Shohjahon va Zohirshoh bilan birgalikda Istanbul shahrida Yangi yilni nishonladi.

Xonanda Shahzoda esa Yangi yilni kutib olish uchun o‘g‘illari bilan Dubayga jo‘nab ketdi.

San’atni tark etgan xonanda Jahongir Otajonov 31-dekabr kuni Istanbulda bo‘ldi.

Manzura Yangi yilni kutib olish uchun Dubayni tanladi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bayramni uyda, oilasi davrasida nishonlashni afzal bildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning xonadonidagi bayram mushakbozligi aks etgan video tarqaldi.

Mavluda va Guli Asalxo‘jayevalar ham Yangi yilni uyda nishonladi.

Munisa Rizayeva 2021-yilni poytaxtdagi restoranlardan birida ota-onasi va singlisi bilan birgalikda qarshi oldi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 04-01-2021 Макс

    Рекламанг жонга тегдику

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish