Maktablarni Yangi yil arafasi bezash taqiqlandi

Maktablarda o‘quvchilar ishtirokida Yangi yil tadbirlarini o‘tkazish, ota-onalardan bayramni nishonlash uchun pul yig‘ish va archalarni bezatishga taqiq joriy etildi.

O‘zbekiston maktablarida yangi yil tadbirlarini o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazishga taqiq joriy etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev tomonidan imzolangan 11 dekabrdagi xatda aytilgan. Hujjatning haqiqiyligini «Gazeta.uz» ga XTV matbuot xizmati tasdiqladi.

Ushbu xatda Vazirlar Mahkamasining 16 noyabrdagi yig‘ilish bayonnomasida «Bolajon» va Yoshlar kanallarida telemarafon orqali har yilgi «Prezident archasi» tadbirining o‘tkazilishi belgilab qo‘yilganligi esga olinadi. Ushbu qaror COVID-19 epidemiyasi sharoitida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini saqlash uchun qabul qilingan.

Реклама на Unews

Hujjatga ko‘ra quyidagilar qat’iy taqiqlanadi:

— maktab o‘quvchilari ishtirokida Yangi yilni nishonlash bilan bog‘liq har qanday tadbirlarni rejalashtirish;
— Yangi yil tadbirlari uchun ota-onalardan noqonuniy pul yig‘ish;
— maktablarning kirish qismi va sinflarini sun’iy archa va elektr shamlar bilan bezash.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring