Maktablarda yangi lavozim joriy etiladi

O‘zbekiston Republikasi Prezidenti “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Farmonga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab har bir umumta’lim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etiladi.

Belgilanishicha:

Реклама на Unews

a) Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlar, oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o‘qituvchilari jalb qilinadi;

b) Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimiga tayinlangan:

•    taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlarning mehnatiga — umumta’lim muassasalaridagi «Yoshlar yetakchisi» lavozimining 0,25 shtat birligi hisobidan;

Реклама на Unews

•    oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o‘qituvchilarining mehnatiga — mazkur oliy ta’lim muassasalarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadi;

v) Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarga yosh avlodni ma’nan barkamol etib tarbiyalash, maktab o‘qituvchilari va faol o‘quvchilarining ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazishga ko‘maklashish, turli xildagi viktorinalar, mushoiralar, adabiy kechalar, qiziqarli darslar, kitobxonlik va she’rxonlik musobaqalarini tashkil etish vazifalari yuklanadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring