Maktabda oq va ochiq ranglardagi ro`molga ruxsat etiladi — Sherzod Shermatov

Ko`pchilik ota-onalarning murojaatlarini va milliy qadriyatlarimizni inobatga olgan holda qizlarimiz uchun istisno tariqasida maktabda oq va ochiq ranglarda milliy ro`mol (boshning orqa tomoniga o`ralgan holatda) va do`ppida bo`lishlariga ruxsat etiladi.

Bu haqda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov ayni damda vazirlikning rasmiy Feysbuk sahifasida o`tkazilayotgan ochiq muloqot vaqtida ma`lum qildi.

Manba: Xalq ta`limi Matbuot kotibi

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring